Forum > 전남대학교

[자유]

Janubiy Korea haqidagi ilk taasurotlarim

Anonym
2021.10.22 18:32 Delete Request
Views 1779 Comment 0

Janubiy Korea bu mamlakat urf-odatlari, tili va albatta taomlariga qiziqmagan insonni topish juda qiyin mening nazarimda. O’zining takrorlanmas taamga ega taomlari, kuzni qamashtiruvcni guzal tabiati, meni ham o’z damiga tortmay quymadi. O’zbekistonda ilk bora koreys filmlarini kurganimdan sung, Koreada tahsil olish va istiqomat qilish haqidagi yuksak maqsadni oldimga quydim. Albatta, bu yerga kelib tahsil olsh uchun ancha uzoq masofani bosib utishimga tugri keldi. Maqsadim sari qilingan harakatlar zoya ketmadi, bugun men Chonnam Milliy Universitety Halqaro savdo-sotiq bulimi magistratura bosqichi talabasiman. Universitetimiz Jeollanamdo viloyatining Gwangju shahrida joylashgan bulib, viloyatning eng kurkam va obro’li oily talim maskanlaridan biri hisoblanadi . Manashu dargohda tahsil olishni boshlaganimga 4 oy buldi, ammo mana shu qisqa vaqt davomida Janubiy Korea iqlimi, odamlari, taomlari va urf odatlari haqida juda katta taasurotga ega buldim. Koreya halqi uzining mehnatsevarligi bilan boshqa halq vakilalridan ajralib turadi kunning deyarli yarmini uz ishiga yoki uqihsga bagishlaydigan bu insonlar kerak vaqti kechalari ham mehnat qilishga tayyordirlar. Ayniqsa maktab va universitet uquvchi va talabalari belgilangan dars jadvalidan tashqari bir nechta qushimcha dars va tugaraklarga uzliksiz ravishda qatnashadilar. Qolaversa chet tilini va urf-odatlarini o’rganishga ayniqsa, ingliz tilini o’rganishga juda katta ishtiyoqlari bor. Fakultetimda yagona uzbek talabasi bulganim uchun , guruhdoshlarim, ustozlarim O’zbekiston haqida tinmay so’raydilar men esa javob berishdan charchamayman. Menga korea insonlarining mehnatsevarligi va qiziquvchanligi judayam yoqdi. Menimcha mamlakatni rivojlanishida insonlardagi mana shu ikki hislat muhim ahamiyat kasb etgan.

Janubiy Korea iqlimi O’zbekiston iqlimidan keskin farq qiladi. Namlik darajasi ancha baland bulgani uchun birinchi haftalarda sogligim bilan bogliq ancha muammolarga duch keldim, lekin hozir bu yernin havosiga butunlay kunikib ketdim. Dengiz taomlarini kup istemol qiluvchi bu halq asosan kimchi taomi bilan butun dunyoga mashhur. Kimchi men uchun notanish emas, O’zbekistonda istiqomat qiluvchi mahalliy koreyslar bu taomni allaqachon barcha o;zbeklarga taqdim qilishgan. Ammo bu yerda kimhcini yeyish uchun suvga chayib olsihni odat qilganman,(garmdorini hushlamayman) Gimpap, pibimpap sevimli taomlarimdan, narhi ham talaba bop. Koreadagi taasurotlarim haqida yozar ekanman uning yam yashil toglari haqida tuhtalib utishim shart, uyni sogingan, charchagan paytlarim Gwangudan uzoq bulamagan Mudeogsang tog’iga chiqishni va atrofni tamosha qilishni judayam yoqtiraman. Oliygohdagi dustlarim bilan birga karaoke yani qihsiq kuylashga tez tez borib turamaiz. Korea halqi qushiq kuylashni juda sevishadi. Bu yerda tahsil olayotganimdan juda bahtliman,umid qilamanki uqishni tamomlagunga qadar ushbu mamalakat haqida butun umrga yetgulik yahshi taasurotlar bilan qaytaman.

Comment(0)

Featured Forum

Featured Records

Featured CrossAdmit